Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”

1 daqiqa o'qish166
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Foto: Delfi
Polsha armiyasining sobiq qo‘mondoni, general Valdemar Skshipchak Polsha va Litvaning Rossiya va Belarus bilan chegaralarini minalangan maydonlar bilan mustahkamlashni taklif qildi.

"Men Polsha va Litvaning Rossiya bilan chegaralarini mustahkamlash kerak, deb hisoblayman. Minalangan maydonlarni hozir, tinchlik davrida joylashtirish kerak", — dedi u Delfi'ga bergan intervyusida.

Uning fikricha, Belarus bilan chegarada ham shunday choralar ko‘rish kerak.

Skshipchak urush davrida chegara hududlarida istehkomlar qurish uchun allaqachon kech bo‘lishini aytib, Polsha ham kuchli istehkomlar qurishni boshlashi kerakligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u hozir Yevropada keng ko‘lamli urush xavfi yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Estoniya harbiy departamenti Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya bilan chegarada “mudofaa chizig‘i”ni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qilgan edi. Postimees nashri Estoniya Rossiya tomonidan ehtimoliy tahdid tufayli sharqiy chegarada 600 ga yaqin bunker qurishini xabar qilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Rossiyaning Polsha, Latviya va qit’aning boshqa davlatlariga hududiy da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?