Foto: Kreml
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16 may kuni Pekinga tashrif buyurib, Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.
Bu Rossiya prezidentining qayta saylanib, lavozimga kirishganidan keyingi ilk xorijiy tashrifidir. Xitoyga tashrif ikki bosqichda amalga oshiriladi. Rossiya rahbari Pekin va Xarbinda bo‘ladi. Putin Pekinda xitoylik hamkasbi Si Szinpin bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, norasmiy tarzda yuzma-yuz muloqot qiladi.
Putinga deyarli barcha yuqori lavozimli amaldorlar hamrohlik qilmoqda
Rossiya prezidentiga besh nafar bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy, diplomatik va xavfsizlik bo‘limlari rahbarlari, Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat, Rossiya temir yo‘llari, Rosatom va Roskosmos rahbarlaridan iborat delegatsiya hamrohlik qilmoqda. Bundan tashqari, Rossiyaning 20 ta viloyat rahbarlari ham delegatsiya tarkibiga kiritilgan.
Rossiya va Xitoy yetakchilari nimalarni muhokama qiladi?
Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish masalalariga e’tibor qaratish rejalashtirilgan. Uchrashuvda Putin va Si Szinpin eng dolzarb siyosiy hamda mintaqaviy masalalarga ham to‘xtalib o‘tadi. Biroq, uchrashuvning eng muhim qismi yopiq eshiklar ortidagi norasmiy muhitda o‘tadi. “1+4” formatida yetakchilar Ukrainadagi vaziyatni batafsil muhokama qiladi.
Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi bosqichi Xarbinda bo‘lib o‘tadi. U yerda Putin VIII Rossiya—Xitoy ko‘rgazmasi va Mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha IV Rossiya—Xitoy forumining ochilish marosimida ishtirok etadi, Xarbin politexnika universiteti talabalari va o‘qituvchilari bilan uchrashadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroil hujumidan keyin Eron harbiy budjetini 200 foizga oshiradi
Mayk Tayson: "Kasalxonada o‘lgandan ko‘ra, ringda o‘lganim afzal"
Shimoliy Koreya Rossiyaga 5,5 mlrd dollarlik qurol yetkazib bergani aytilmoqda
“Hizbulloh” rahbari: Urush qancha davom etmasin, o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaymiz
«Hizbulloh»ning yangi rahbari ma’lum bo‘ldi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik"
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi