date
views 238

Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi

Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi
Foto: Turkiye Newspaper
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 1997 yilgi harbiy to‘ntarishda ayblangan yetti nafar generalni afv etdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Qaror mahkumlarning yoshi va sog‘lig‘i bilan asoslangan. Muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi yillar davomida muvaffaqiyatsizlikka uchragan to‘ntarish ishtirokchilarini ozod qilishga intildi. Partiya raisi Ozgyur Ozel afv etish qarorini “kech”, lekin “adolatli” deb atadi. Afv etilgan generallardan biri, to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rishda muhim rol o‘ynagan Chevik Bir sog‘lig‘i sababli allaqachon ozodlikda.

1997 yil fevral oyida Turkiya Qurolli kuchlari qo‘mondonligi o‘sha paytdagi vazirlar mahkamasi rahbari Najmiddin Erkaban iste’fosini talab qilib, memorandum chiqardi. Qo‘zg‘olonni boshqargan generallar 2018 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Keyinchalik apellyatsiya sudi hukmni tasdiqladi. Asosiy ayblanuvchi sifatida ko‘rilgan Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining sobiq boshlig‘i Ismoil Hakki Karadayi 2020 yilda vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi