
ozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov 9 sentyabr kuni iste’foga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda IA Novosti-Kazaxstan nashri vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi, deyiladi "Kun" nashrida.
"Hukumat iste’fo berishi kutilmoqda. Karim Masimov 9 sentyabr kungi yig‘ilishda iste’fosini ma’lum qilishi mumkin", degan manba.
Masimov birinchi marta 2007 yilda Vazirlar Mahkamasiga rahbar bo‘lgan va bu lavozimda 2012 yilgacha ishlagandi.
U 2012 yildan 2014 yilgacha Qozog‘iston prezidenti ma’muriyatini boshqargan, 2014 yilning aprelida ikkinchi marta mamlakat bosh vaziriga aylangandi.
9 sentyabr kuni Qozog‘istonda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirokida hukumatning kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar