Foto: TASS
Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko Yer orbitasida ming kunni o‘tkazgan dunyodagi birinchi odam bo‘ldi. Bu haqda «Roskosmos» korporatsiyasiga tayanib TASS xabar berdi.
«Bugun «Roskosmos» kosmonavti Oleg Kononenko Xalqaro kosmik stansiyada ishlagan holda dunyoda birinchi marta kosmik parvozlarining umumiy davomiyligi 1 ming kunga yetdi», deyiladi xabarda.
Kononenko o‘z faoliyatidagi beshinchi kosmik parvozini amalga oshirmoqda. 4 fevral kuni u beshta missiya (1998 yildan 2015 yilgacha) davomida jami 878 kun 11 soat 29 daqiqa 48 soniya davomida koinotda bo‘lgan rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalkaning rekordini yangilagan edi. Iyun oyida u koinotda o‘zining 60 yillik yubileyini nishonlaydi. Parvozi yakuniga yetgach, uning rekordi 1110 kunni tashkil qiladi.
Oleg Kononenko 1964 yil 21 iyunda Turkmanistonning Chorjo‘y (hozirgi Turkmanobod) shahrida tug‘ilgan. U 2008 yil aprel oyida «Soyuz TMA-12» kosmik kemasida Xalqaro kosmik stansiyasiga (XKS) birinchi parvozini amalga oshirdi. Kononenko Rossiya va Turkmaniston qahramoni unvoniga ega. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi