date
views 315

“Tolibon” Rossiya termasi bilan futbol uchrashuvi o‘tkazish niyatida

“Tolibon” Rossiya termasi bilan futbol uchrashuvi o‘tkazish niyatida
Foto: Reuters
“Tolibon” Afg‘oniston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvini o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumatida mehnat va ijtimoiy aloqalar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Umariy ma’lum qildi.

Umariyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston futbol jamoasi yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va Osiyodagi turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi futbol turnirini intiqlik bilan kutmoqdamiz”, — deya Umariyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RBK TASS agentligiga tayanib.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash uchrashuvlarida qatnashmoqda. 6 iyun kuni Qatarga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda durang o‘ynagan afg‘onlar A guruhida 5 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinda bormoqda.

Afg‘oniston terma jamoasi FIFA reytingida 151-o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” Rossiya termasi bilan futbol uchrashuvi o‘tkazish niyatida