Metro bekatida badbo‘y hid tarqaldi: bunga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi "Amir Temur xiyoboni" metro bekati hududida tarqalgan noxush hid yo‘lovchilar e’tiborini tortdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bekat atrofidan badbo‘y hid kelayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
"Toshkent metropoliteni" ma’lumotiga ko‘ra, noxush hid metro faoliyatidagi muammo bilan bog‘liq emas.
Bunga Mustaqillik shoh ko‘chasidagi oqova suv tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, oqova suv tarmog‘idagi nosozlik sabab yuzaga kelgan hid "Amir Temur xiyoboni" bekati hududida ham sezilgan.
Shu tariqa, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan hidning manbasi aniqlangan.































Izohlar 0
…