Jahongir Otajonov hozir qancha chorvasi borligini ochiqladi (video)

Xonanda Jahongir Otajonov intervyularidan birida xonadonida qancha chorva borligi haqidagi savolga javob berdi. U hozirda bitta moli buzoqchasi bilan, 10 ga yaqin qo‘yi va 40 ta tovug‘i borligini ma’lum qildi.
San’atkorning aytishicha, avval to‘rtta moli bo‘lgan. Biroq yordamchisi bo‘lmagan davrda chorvaga qarash qiyinlashgani sababli ularning uchtasini sotishga majbur bo‘lgan.
“Menda to‘rtta molim bor edi. Keyin Mohigul yordamchim yo‘q paytida qiynalib qoldim-da. Keyin uchtasini sotib yubordim. Hozir bitta mol bor bolasi bilan, buzoqcha bilan”, — dedi Jahongir Otajonov.
Xonanda qo‘ylarining soni ham avvalgiga qaraganda kamayganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari 30 ga yaqin qo‘yi bo‘lgan, keyinchalik ularning 20 tasini sotgan va hozir 10 ta qo‘yi qolgan.
Tovuqlari esa aksincha, ko‘paygan. Jahongir Otajonov avval 12 ta atrofida tovug‘i bo‘lganini, hozir esa ular qariyb 40 taga yetganini ta’kidladi.
“Keyin o‘n ikkita tovug‘im bor edi. Hozir endi ular qirqta bo‘ldi. Tug‘di hammasi, jo‘ja ochdi”, — deya hazil aralash gapirdi xonanda.






























Izohlar 0
…