Hande Erchel keskin o‘zgarishga qo‘l urdi: yangi soch rangi muxlislarining tanqidiga sabab bo‘ldi

Mashhur turk aktrisasi Hande Erchel kutilmagan imidj o‘zgarishi bilan yana muxlislar e’tiboriga tushdi. Aktrisa sochlarini sariq rangga bo‘yab, odatdagidan butunlay boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘ldi.
Hande Erchelning yangi qiyofasi aks etgan surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Aktrisaning soch rangini o‘zgartirgani muxlislar orasida turlicha fikrlar uyg‘otdi.
Aktrisaning yangi obrazi kutilmagan o‘zgarish sifatida qarshi olindi.
Ayrim muxlislar uning yangi soch rangi o‘ziga yarashmaganini ta’kidlagan bo‘lsa, boshqalar aktrisaning yangicha qiyofasini muhokama qilishda davom etmoqda. Aktrisaning bu o‘zgarishi doimiymi yoki yangi loyiha uchun yaratilgan obrazmi — hozircha noma’lum. Shu sababli uning muxlislari Hande Erchelning keyingi ko‘rinishini qiziqish bilan kutmoqda.































Izohlar 0
…