date
views 478

Yovvoyi otlar 200 yil o‘tib Qozog‘iston dashtlariga qaytdi

Yovvoyi otlar 200 yil o‘tib Qozog‘iston dashtlariga qaytdi
Ilgari Praga va Berlindagi hayvonot bog‘larida saqlanayotgan dunyodagi so‘nggi yovvoyi Prjevalskiy otlari Qozog‘istonga yetib keldi, deya The Guardian nashri xabar berdi.

Foto: Global Rewilding Alliance
Qozog‘iston dashtlarida so‘nggi 200 yil ichida ushbu oltita toychoq va ayg‘ir birinchi yovvoyi otlar bo‘lishi kutilmoqda. Ularning ajdodlari bu yerlarda ming yillar davomida yashab kelgan. Biroq 1960 yillarda yovvoyi otlar populyatsiyasi inson faoliyati tufayli deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Endilikda ularning tabiiy yashash joylarini tiklash rejalashtirilgan.

Qozog‘istonga kelgan otlar Myunxen va Praga hayvonot bog‘larida saqlanib qolgan ikki guruhga tegishli. Jami sakkizta jonivorni olib kelish rejalashtirilgan, ammo otlardan biri parvozni amalga oshira olmagan.

Foto: Global Rewilding Alliance
Praga hayvonot bog‘i mutaxassisi Filip Mashekning ta’kidlashicha, zamonaviy hayvonot bog‘ining asosiy maqsadi nafaqat yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni himoya qilish va ko‘paytirish, balki ularni o‘zlari tegishli bo‘lgan yovvoyi tabiatga qaytarishdir.

"Ular dunyoda qolgan yagona yovvoyi otlar. Mustanglar yovvoyi holga kelgan xonaki otlardir", — deya ta’kidlagan Mashek.
Kelgusi besh yil ichida Qozog‘istonga jami 40 ta ot tashish rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yovvoyi otlar 200 yil o‘tib Qozog‘iston dashtlariga qaytdi