Shotlandiyada so‘nggi 18 yil ichida tug‘ilgan ilk kapibara bolasi dunyoga keldi

Shotlandiyada so‘nggi 18 yil ichida tug‘ilgan ilk kapibara bolasi dunyoga keldi

Shotlandiyada 18 yildan beri kutilgan quvonchli voqea yuz berdi — Edinburg hayvonot bog‘ida kapibara bolasi dunyoga keldi. Luna ismli urg‘ochi kapibara sog‘lom bola tug‘ib, hayvonot bog‘i jamoasini xursand qildi.

Qayd etilishicha, bu Shotlandiyada so‘nggi 18 yil ichida tug‘ilgan ilk kapibara bolasi hisoblanadi. Hozirda hayvonot bog‘i parvarishlovchilari uning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Tug‘ilgan paytda bolaning vazni taxminan 1,5–2,5 kilogramm bo‘lgan. Hayvonot bog‘i xodimlari uning vaznini oltita ichimlik qutisidan iborat to‘plam og‘irligiga qiyoslagan.

Ma’lum qilinishicha, ona kapibara Luna va ota Rodni bolaga juda yaxshi g‘amxo‘rlik qilmoqda. Kichkintoy esa kundan-kunga dadillashib, atrof-muhitni faol o‘rganishni boshlagan.

Hozircha uning jinsi aniqlanmagan. Bu masala tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum qilinadi va shundan keyin kapibaraga ism beriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar