Kuzgi barglarda dumalagan tyulen uch kunda 10 million marta ko‘rildi (video)

Polshada kuz faslini o‘ziga xos tarzda qarshi olayotgan tyulen internet foydalanuvchilarining sevimlisiga aylandi. Hayvonning rang-barang xazonlar orasida rohatlanib, dumalayotgani aks etgan video qisqa vaqt ichida millionlab odamlarning e’tiborini qozondi.
Borisev shahridagi hayvonot bog‘i ma’muriyati 26 yoshli Devid ismli tyulen ishtirokidagi videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Unda dengiz jonivori kuzgi barglar ustida mayoqib, xazonlar orasida zavq bilan yumalayotganini ko‘rish mumkin.
Qizig‘i, rolik e’lon qilinganidan keyin atigi uch kun ichida 10 milliondan ortiq marta tomosha qilingan. Hayvonot bog‘i xodimlari videoga bunchalik katta qiziqish bildirilishini kutmaganini ma’lum qildi.
Ayrim internet foydalanuvchilari esa kadrlarning haqiqiyligiga shubha qilib, ular sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
Bu gumonlarga javoban hayvonot bog‘i ma’muriyati Devid ishtirokidagi yana bir videoni e’lon qildi. Shu tariqa tyulenning kuzgi barglar orasidagi quvnoq harakatlari haqiqiy ekanini ko‘rsatishga harakat qildi.
Devidning oddiy kuzgi mashg‘uloti ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘lib, minglab insonlarning kayfiyatini ko‘tardi.






























Izohlar 0
…