23:50 / 13.06.2024
281

Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarni Ukraina sammitida qatnashmaslikka undamoqda

Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarni Ukraina sammitida qatnashmaslikka undamoqda
Foto: CNN
Xitoy 15-16 iyun kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida qatnashmaydi, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarga ham qatnashmaslikni maslahat bermoqda. Bu haqda 10 nafar anonim diplomatga tayanib, Reuters xabar berdi.

Hozirda sammitda ishtirok etish uchun 90 ta davlat va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan. Ular dastlab Rossiyani unga taklif qilmaslikka qaror qilishgan. Xitoy esa Kiyev va G‘arb tomonidan takliflarga qaramay, bu taklifni rad etib, sammit uning talablariga, jumladan, Rossiyaning ishtirokiga ham javob bermasligiga ishora qilgan. Kreml Moskva ishtirokisiz ushbu sammitni bema’nilik deb atagan.

Vaziyatdan bevosita xabardor bo‘lgan ikki diplomatga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlar vakillari bilan muloqot chog‘ida xitoyliklar ulardan sammitdan chiqishni to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘ramagan.

"Xitoy rasmiylari sammit urushni faqat uzaytirishini tushuntirishgan", — deyiladi xabarda.

G‘arb vakillari bilan suhbatda xitoylik diplomatlar ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar Xitoyning pozitsiyasini baham ko‘rishini ta’kidlagan.

Nashrga ko‘ra, Pekin hozircha bu xabarga izoh bermagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarni Ukraina sammitida qatnashmaslikka undamoqda