Foto: “TASS”
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya Yevropa xavfsizlik tizimining bir qismi bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda Orbanning mahalliy nashrlarga bergan intervyusiga asoslanib, “TASS” manbasi xabar berdi.
Viktor Orban Yevropa rahbarlarini Rossiya to‘g‘risidagi illyuziyalarga “quloq osmaslikka” chaqirgan. Moskvani Yevropa tizimidan o‘zgacha qilib ko‘rsatishga uringan xabarlarni safsata deb atagan.
“Biz illyuziyalarga berilmasligimiz kerak: Rossiya boshqacha, uning tizimi va jamiyati Yevropaga xos emas qabilidagi gaplarga ishonmasligimiz kerak. Rossiya tizimi go‘yoki harbiy kuchga tayanishi haqida bizga ko‘p aytishadi. Yevropa tizimi erkinlikka tayanishi haqida ham gapirishadi. Aslida ikkala tizim ham bir xil”, — degan Vengriya oliy rasmiysi.
Vengriya bosh vaziri Rossiyani Yevropa xavfsizlik tizimiga olish haqida ham fikrlarini bildirgan. Moskvasiz bu tizim mukammal bo‘la olmasligi aytilgan.
“Rossiya Yevropa xavfsizlik tizimining bir qismi bo‘lishi mumkin va shunday bo‘lishi kerak”, — degan bosh vazir Orban.
Joriy yilning iyun oyi boshida Vengriya rahbari G‘arbni Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun Kiyevga qurol yuborishni to‘xtatishga chaqirgan edi. Siyosatchiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi shu yo‘l bilan 24 soat ichida mojaroga barham berishi mumkin bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi