
Foto: “RIA Novosti”
“Vagner” tarkibida Ukrainadagi urushda qatnashganlikda ayblangan Beknazar Borugul o‘g‘li afv etilganidan keyin ozodlikka chiqdi. Bu haqda Kloop xabar berdi.
Sudda aytilishicha, ayblanuvchi prezident Sadir Japarovning 2024 yil 31 yanvardagi farmoniga ko‘ra afv etilgan. 2023 yil oktyabr oyida Norin shahar sudi Beknazar Borgul o‘g‘lini xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishi moddasi bo‘yicha aybdor deb topib, besh yilga ozodlikdan mahrum qilgan. O‘tgan yilning dekabr oyida Norin viloyat sudi shahar sudining qarorini o‘z kuchida qoldirgan.
Ayblanuvchining rafiqasiga ko‘ra, erkak 2020 yilda Rossiyaga ishlash uchun ketgan, biroq oradan bir yil o‘tib u giyohvand moddalar bilan ushlanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2022 yil oxirida qamoqxonada u “Vagner” safiga qabul qilingan va Ukrainaga yuborilgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston fuqarolariga chet davlatlarining harbiy xizmatiga yollanish qonunan taqiqlanadi!
O‘zbekiston fuqarolari chet davlatlarning (shu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154,1-moddasiga ko‘ra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sadir JaparovVagner SafidaUkrainaga QarshiBeknazar BorugulO‘zbekiston FuqarolariHarbiy Xizmat. O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar