14:58 / 26.06.2024
51

Qozog‘iston amaldor va harbiylarga qimor o‘ynashni taqiqlamoqchi

Qozog‘iston amaldor va harbiylarga qimor o‘ynashni taqiqlamoqchi
Foto: Depositphotos
Qozog‘istonda davlat xizmatchilari, harbiylar, huquqni muhofaza qilish va maxsus idoralar xodimlariga qimor o‘ynash va unga pul tikish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Turizm va sport vazirligida tegishli petitsiyani ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Vazirlik rahbari Miras Tuleboyev taqiqni nazarda tutuvchi petitsiyani 50 ming kishi imzolagani, kodeksga ko‘ra, vazirlik 40 kun ichida tegishli qaror qabul qilishi kerakligini aytgan.

Vazirlik allaqachon qimor biznesida davlat nazoratini kuchaytirishni, shuningdek, davlat apparatida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.

"Ushbu petitsiya qimor o‘yinlaridan zararni kamaytirish uchun zarurdir. Mamlakat budjetini boshqarayotganlar uchun kazinolarda o‘ynash imkoniyatini istisno qilish kerak. Chunki kazinolar katta korrupsion xavf hisoblanadi. Albatta, hech kim ochiq gapirmaydi, lekin yig‘ilishlarda yangilikni qayta ko‘rib chiqish zarurligi haqida allaqachon gapirilmoqda. Ya’ni, ma’lum bir lobbi paydo bo‘ldi", — dedi petitsiya muallifi, “Adillik yo‘li” jamoat birlashmasi rahbari Didar Smagulov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston amaldor va harbiylarga qimor o‘ynashni taqiqlamoqchi
ePN