Toshkentda ofitsiant kanalga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi

Toshkentda ofitsiant kanalga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida kafe xodimi suvga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi. Voqea 23 sentyabr kuni sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bolalar suv havzasi yaqinida o‘ynayotgan vaqtida ularning to‘pi suvga tushib ketgan. Bolalardan biri to‘pni olish uchun katta quvur ustiga chiqqan. Biroq u muvozanatini yo‘qotib, suvga tushib ketgan va oqim uni olib keta boshlagan.

Yaqin atrofdagi kafeda ishlaydigan ofitsiant vaziyatni ko‘rib, zudlik bilan yordamga shoshilgan. U suvga sakrab, bolani oqimdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Qutqarilgan bola shifoxonaga olib borilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani va shifokorlar nazoratida ekani ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar