23:48 / 30.06.2024
601

Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ssenariysini oshkor qildi

Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ssenariysini oshkor qildi
Kollaj: “24 Kanal”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda u The Philadelphia Inquirer nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, bugungi kunda muzokaralarning faqat bitta modeli mavjud — vositachilar bilan uch tomonlama bitim. Bu kabi bitim don yo‘lagi bo‘yicha kelishuvda joriy qilingandi.

"Ukraina yechimga olib keluvchi ehtimoliy modelni topishi mumkin, bu model birinchi marta don yo‘lagi misolida qo‘llanilgan, o‘shanda Ukraina Rossiya bilan emas, balki BMT va Turkiya bilan kelishib olgan", — dedi siyosatchi.

U xalqaro hamkorlar Ukraina bilan muzokaralar olib borgani, keyin esa Rossiya bilan tegishli kelishuvni imzolash mas’uliyatini o‘z zimmalariga olganini aytdi.

"U (model) shunday ishlagan edi: BMT va Turkiya o‘rtasida ikkita ko‘zgu kelishuvi...", — dedi Ukraina prezidenti.

Siyosatchi hududiy yaxlitlik, energetika va dengiz orqali yuk tashish masalalari muhokama qilinayotganda, turli mintaqadagi davlatlar muayyan inqirozga yechim tayyorlayotganda tegishli modeldan foydalanishi mumkinligini aytdi.

"Keyin bu hujjat bilan, agar u Ukrainaga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, Rossiya vakillari ham shug‘ullanishi kerak. Hozircha bizda faqat shunday model mavjud", — deya xulosa qildi Zelenskiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ssenariysini oshkor qildi