
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Shusha shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi. Kuni kecha davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev hamrohligida Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi, unda prezident hamkorlikni kengaytirishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatdi va muhim takliflar bilan chiqdi.
Shuningdek, sammit doirasida O‘zbekiston yetakchisi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar