20:33 / 07.07.2024
465

Yevropa Ittifoqi Vengriya bosh vazirining Shushaga tashrifidan norozilik bildirdi

Yevropa Ittifoqi Vengriya bosh vazirining Shushaga tashrifidan norozilik bildirdi
Foto: Sputnik
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Shushada bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Yevropa Ittifoqidan vakil bo‘lish uchun tegishli mandat olmagan. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel ma’lum qildi.

Borrelning bayonotiga ko‘ra, Orbanning sammitdagi ishtiroki faqat Vengriya va ushbu tashkilot o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar doirasida bo‘lib o‘tgan.

"Vengriya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat bo‘lib, 2024 yil 31 dekabrgacha kengashga raislik qiladi. Vengriya Yevropa Ittifoqi kengashidan Turkiy davlatlar tashkiloti bilan aloqalarni rivojlantirish uchun hech qanday mandat olmagan", dedi u.

Borrel, shuningdek, Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga Turkiy davlatlar tashkilotida kuzatuvchi maqomini berishga urinishdan norozilik bildirgan.

"Tashkilot a’zolari ratifikatsiya qilinishini kutayotgan ushbu qaror afsuslanarli hamda tashkilotning bir qancha a’zolari hududiy yaxlitlik tamoyili va BMT Nizomini qat’iy qo‘llab-quvvatlaganliklariga ziddir. Yevropa Ittifoqi BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq faqat Kipr Respublikasini xalqaro huquq subyekti sifatida tan olishini, shu jumladan, eng yuqori siyosiy darajada ham bir necha bor ochiq aytgan", deya xulosa qildi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Vengriya bosh vazirining Shushaga tashrifidan norozilik bildirdi
ePN