date
views 291

AQSHda xavfli kasallik avj oldi

AQSHda xavfli kasallik avj oldi
Foto: Google Images
Amerika Qo‘shma Shtatlarida listerioz epidemiyasi e’lon qilindi, u allaqachon 12 ta shtatni qamrab olgan va ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Bu haqda Kasalliklarni nazorat qilish markazi (CDC) tegishli bayonot berdi.

Qayd etilishicha, infeksiya qurbonlari Illinoys va Nyu Jersi shtatlarida yashagan. Yana 28 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘pgina bemorlar Merilend va Nyu Yorkda aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar oziq-ovqat do‘konlarida xarid qilingan tayyor go‘sht va kolbasa mahsulotlaridan zaharlangan.

Ta’kidlanishicha, yuqumli kasallik homilador ayollar, 65 yoshdan oshgan va immuniteti zaif insonlarni o‘limga olib kelishi mumkin.

Avvalroq, 17 iyul kuni Kanada hukumati listerioz kasalligi avj olgani haqida xabar bergandi. Unda aytilishicha, infeksiya ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan va yana to‘qqiz kishi kasalxonaga yotqizilgan. Umuman olganda, o‘sha paytdagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 12 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 10 tasi Ontarioda, ikkitasi Kvebek va Yangi Shotlandiyada qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda xavfli kasallik avj oldi