Qashqadaryoda Lacetti piyodalarni urib yuborishiga bir bahya qoldi

Qashqadaryoda piyodalar ishtirokidagi xavfli holat videokameraga tushib qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda “Lacetti” haydovchisi piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashgan vaqtda tezlikni yetarlicha pasaytirmagani aks etgan.
Videoda yo‘lni kesib o‘tishga urinayotgan ota va bola avtomobil bilan to‘qnashib ketishiga bir necha soniya qolganini ko‘rish mumkin. Haydovchi ularni urib yubormaslik uchun rulni keskin burib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv o‘tkazilgan. Natijada “Lacetti” haydovchisiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hodisa oqibatida piyodalar bilan to‘qnashuv sodir bo‘lmagan.






























Izohlar 0
…