Sevinch Ismoilova bolalikdagi laqabi, farzandlariga qo‘ymoqchi bo‘lgan ismlar va qarzlari haqida gapirdi

Xonanda Sevinch Ismoilova “Omon-Omon” ko‘rsatuvida bir nechta qiziqarli savollarga javob berdi. Suhbat davomida uning ko‘chadagi qarzlari, kelajakdagi farzandiga qo‘ymoqchi bo‘lgan ismlari va bolalikdagi laqabi haqida so‘rashdi.
Xonandaga “Ko‘chadagi siz bergan qarzlarni hisoblasak, qancha chiqadi?” deya savol berildi.
“50 ming dollardan oshdi”, — deya javob berdi Sevinch Ismoilova.
Shuningdek, xonandadan kelajakda turmushga chiqib, farzandli bo‘lsa, unga qanday ism qo‘yishi haqida ham so‘rashdi.
“Xudo xohlasa, o‘g‘il bo‘lsa, Muhammadali, qiz bo‘lsa, Malak”, — dedi u.
Suhbat davomida Sevinch Ismoilovaning bolalikdagi laqabi ham qiziq bo‘ldi.
“Sepichka. Sepichka bo‘ladi-ku, zanjir. Meni 'Sepichka' deb erkalab chaqirishardi”, — deya javob berdi xonanda.
Shundan so‘ng unga nechta sevgi izhorini rad etgani haqida savol berildi.
“Sanamaganman, ko‘p”, — dedi Sevinch Ismoilova.
Boshlovchilar javobni aniqlashtirib, “O‘ntadan ko‘p, yuztaga yaqinlashganmi?” deya so‘rashdi.
“Voy, yuztadan ham ko‘p”, — deya hazil bilan javob berdi xonanda.
Xonandaning javoblari ko‘rsatuv davomida ko‘tarinki va samimiy suhbatga sabab bo‘ldi.






























Izohlar 0
…