Ertaga uch viloyatda yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda

Ertaga uch viloyatda yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda

24 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 25–30 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahrida esa yog‘ingarchilik kutilmayapti. Poytaxtda havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lib, harorat kechasi 15–17, kunduzi 28–30 darajagacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Bu hududlarda kunduzgi harorat asosan 25–30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda esa havo nisbatan iliq saqlanadi. Kunduzi harorat 30–35 darajagacha yetishi mumkin.

Tog‘li hududlarda ham ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Bu yerlarda shamol ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar