09:07 / 24.07.2024
47

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Karim Masimovni afv etishni rad etdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Karim Masimovni afv etishni rad etdi
Foto: tengrinews.kz
Qozog‘iston prezidenti davlatda xiyonatda ayblanib, sud tomonidan 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimovni afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirmadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib, Informburo.kz xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, To‘qayev shu yilning iyun oyida xuddi shu tarzda afv etishni rad etgan maxsus komissiyaning qarorini ma’qullagan.

«Masimovga nisbatan afv etishni qo‘llash imkoniyatini o‘rganib ko‘rgan komissiya davlat rahbariga tegishli taklifni kiritgan va u taklifni ma’qullagan», — deya tushuntirish bergan To‘qayevning matbuot xizmati.

Karim Masimov 2022 yilning yanvarida, prezident uni yanvar voqealari fonida namoyishchilarning kuchishlatar tizimlar bilan to‘qnashuvi yuz berganidan so‘ng ishdan olganidan ikki kun o‘tib hibsga olingan.

O‘sha yilning martida sobiq mulozimga oid surishtiruvlar chog‘ida “korrupsiyaga oid ko‘plab xatti-harakatlar” aniqlangani ma’lum qilingan. 2023 yilning aprelida Ostona shahar sudi Karim Masimovni davlatga xiyonat, hokimiyatni egallashga urinish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi moddalar bilan aybli deb topib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Shu yilning martida Qozog‘iston maxsus xizmatining sobiq rahbari mamlakat prezidentidan o‘zini afv etishni so‘ragan. Biroq, iyun oyida maxsus komissiya Masimovning iltimosnomasini rad etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qosim-Jo‘mart To‘qayev Karim Masimovni afv etishni rad etdi