14:36 / 26.07.2024
70

Shimoliy Koreya xakerlari harbiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun global kiberjosuslik kampaniyalari o‘tkazmoqda

Shimoliy Koreya xakerlari harbiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun global kiberjosuslik kampaniyalari o‘tkazmoqda
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya xakerlari taqiqlangan harbiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun global kiberxavfsizlik kampaniyalari o‘tkazmoqda. Bu haqda AQSH razvedkasi ma’lumotlarga asoslanib, Reuters nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Shimoliy Koreya xakerlari Pxenyanning yashirin yadroviy qurollar dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab josuslik kampaniyalari tashkil etgan. Ular vositasida maxfiy ma’lumotlarga ega chiqish hamda dasturni kengaytirish reja qilingan.

Shimoliy Koreyaning keng qamrovli kiberjosuslik kampaniyalari haqida AQSH, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya harbiylari maslahatlashuv kengashida ham alohida aytib o‘tgan. Ushbu xavfga qarshi turish uchun internet makonidagi “mudofaa” loyihalarini kuchaytirish taklif qilingan.

AQSH rasmiylari so‘nggi global tarmoq hujumlari Anadriel yoki APT45 deb nom olgan xakerlar guruhi tomonidan sodir etilganini aytgan. Ushbu guruh Shimoliy Koreya razvedka boshqarmasining bir qismi hisoblanib, 2015 yilda AQSH tomonidan sanksiya kiritilgan hamda faoliyatiga taqiq joriy qilingan.

Xabarda aytilishicha, kiber bo‘linma turli xil mudofaa yoki muhandislik firmalari, jumladan, tanklar, suvosti kemalari, dengiz kemalari, qiruvchi samolyotlar, raketa va radar tizimlari ishlab chiqaruvchilarning kompyuter tizimlarini nishonga olgan yoki buzib kirgan. AQSHda NASA, Texasdagi Randolf va Jorjiyadagi Robins harbiy-havo kuchlari bazalariga tizimli hujumlar amalga oshirilgan.

Rasmiylar bu kabi hujumlar takroran sodir bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Bunday voqealarga qarshi turish uchun esa xavfsizlik tizimini kuchaytirish hamda ochiq ma’lumotlar bazalarini qayta tekshiruvdan o‘tkazish taklif qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya xakerlari harbiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun global kiberjosuslik kampaniyalari o‘tkazmoqda