00:08 / 02.08.2024
60

Ramzan Qodirov: “Qizimdan hijobini yechishni so‘raganlarni otib tashlayman”

Ramzan Qodirov: “Qizimdan hijobini yechishni so‘raganlarni otib tashlayman”
Foto: RIA Novosti
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov niqob taqilishiga qarshi ekanini aytdi.

Biroq uning fikricha, hijob kiyishga qarshi chiqqanlar islomning dushmanlaridir. Bu haqda u Checheniston hukumati yig‘ilishida ma’lum qilgan. Qodirovning ta’kidlashicha, Chechenistonga turli dinlarga mansub ko‘plab mehmonlar keladi.

Bizni rezidentlarimizning kiyinishi bilan ishimiz yo‘q. Biz ro‘mol o‘rashni jazolamaymiz, rag‘batlantiramiz. Hijob kiymang deganlar esa islomning dushmani. Biz yuzni berkituvchi burqaga qarshimiz”, deydi Qodirov.
Shuningdek, u qizidan hijobini yechishni so‘raganlarni tirik qoldirmaslikka va’da bergan.

Kim qizimga 'hijobingni yech' desa, kim bo‘lishidan qat’i nazar shu zahoti otib tashlayman. Bu dushman, mening shaxsiy dushmanim, islomning dushmani”, deya ta’kidlagan Checheniston rahbari.

Avvalroq Rossiya Davlat dumasi vakili Vyacheslav Davankov ta’lim tashkilotlarining diniy kiyimlarni, shu jumladan, yuzni qisman yoki to‘liq yashiradigan kiyimlarni kiyishni taqiqlash huquqini nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etgan edi. Tushuntirish xatida aytilishicha, tashabbus “ta’limning dunyoviy xususiyatini mustahkamlash”ga qaratilgan.

Davankovning taklifini Checheniston Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov tanqid qilgan. Uning ta’kidlashicha, chechen hukumati yuzni to‘sadigan niqob kiyishni ma’qullamaydi, ammo hijob “musulmon ayolning diniy burchi”.

Bunga javoban Davankov barcha dinlarni hurmat qilishini, biroq qonun loyihasi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida ishlab chiqilganini aytgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin iyun oyida “islomchilar” tomonidan sodir etilgan teraktlarni eslatib, Rossiyada niqob kiyishni shoshilinch taqiqlashga chaqirgan. Ko‘p o‘tmay Dog‘iston va Qorachay—Cherkesiya muftiylari o‘z hududlarida niqob kiyishni vaqtinchalik taqiqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: “Qizimdan hijobini yechishni so‘raganlarni otib tashlayman”