12:28 / 08.08.2024
97

Medvedev: “Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiya doirasida Kiyev va uning ortidagi hududlarga ham yetib borishi kerak”

Medvedev: “Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiya doirasida Kiyev va uning ortidagi hududlarga ham yetib borishi kerak”
Foto: tverskaya13.ru
Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida Kiyev va uning ortidagi hududlarga ham hujum qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev bergan bayonotga asoslanib, “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, endilikda Rossiya Ukraina sharqi bilan cheklanib qolmaydi. Urush vaziyatidan kelib chiqib rus qo‘shinlari g‘arbga, Kiyevga tomon surilib borishi mumkin. Bu esa front hududining kengayishini anglatadi.

Biz maxsus operatsiyani qachonki to‘g‘ri va foydali deb bilganimizdagina to‘xtatamiz. Rossiya hozirgi harakatlarini egallagan hududlaridan tashqarida ham davom ettirishi kerak, ekstraterritorial harakat qilishimiz kerak”, degan Medvedev jurnalistlarga bergan intervyusida.

Medvedev Rossiya uchun Ukrainaning bir qancha yirik shaharlari nishon bo‘lishi kerakligini aytgan. Frontning janubi va markazi bo‘ylab Ukraina ichkarisiga kirib borish zarurligi ta’kidlangan.

Bu operatsiya endilikda yerlarimizni qaytarib olish va fashistlarni jazolash operatsiyasi emas. Biz hozircha mavjud bo‘lgan Ukrainaga — Odessa, Xarkov, Dnepropetrovsk, Nikolayev hududlariga chuqurroq kirib borishimiz mumkin va shart. Kiyev ortidagi hududlarga ham askarlarimiz yetishi kerak”, deb yozgan Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari o‘zining Telegram sahifasida.

Rossiya vakili Ukraina chegaralari borasida Moskvaga “dars bermaslik”ni so‘ragan. Kiyev da’vo qiluvchi hududlar hech qanaqasiga Ukrainaga tegishli emas ekanligi, chegara qayergacha ekanligini faqat Rossiya belgilashi uqtirilgan.

Ayrim davlatlar tan oladigan Ukraina Reyxining chegaralari borasida bizga hech qanday cheklovlar qo‘yilmasligi kerak. Hududlarimizga banditlar tomonidan amalga oshirilgan terroristik hujum bu mavzu borasidagi barcha tabularni olib tashlashi kerak”, degan Medvedev.

Tahlilchilar Medvedevning so‘nggi bayonotini Ukraina askarlarining Kurskka bostirib kirishiga javob sifatida qabul qilgan. Shu yo‘l bilan Rossiya rasmiysi Kiyevga “xavfli singal” yoki “qasos ishorasi” berishga uringani aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 6 avgust kuni Rossiyaning chegaradagi Kursk viloyati Ukraina tomonidan ommaviy hujumga uchradi. O‘qqa tutishlar va dronlar hujumi oqibatida besh nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. 31 fuqaro ,jumladan, olti nafar bola yaralangan. Kursk viloyati ma’muriyati mavjud vaziyatdan kelib chiqib hududda favqulodda vaziyat e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev: “Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiya doirasida Kiyev va uning ortidagi hududlarga ham yetib borishi kerak”