09:33 / 11.08.2024
102

Sayyoraning eng badavlat insoni Jeff Bezos qanday uyda yashaydi?

Sayyoraning eng badavlat insoni Jeff Bezos qanday uyda yashaydi?
1994 yilda Amazon kompaniyasiga asos solgan Jeff Bezos uzoq yillar davomida dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatida yuqori pog‘onalarni egallab kelmoqda.

Foto: Dzen
Bugungi kunda uning davlati 195 milliard dollarga yetgan. Bundan tashqari, u AQSHda ko‘plab ko‘chmas mulklarga egalik qiladi. Yaqinda Jeff Bezos yana bir bor katta xaridni amalga oshirdi. Milliarder Manxettendan premium sifatli yangi ko‘p qavatli uylarni sotib oldi.

Foto: Dzen
Jeff Bezosning yangi kvartirasi Manxettenning qoq markazida, 5-avenyuda joylashgan. Ushbu hududdagi uylar uzoq vaqtdan beri o‘ta qimmat narxda bo‘lib kelgan. Tadbirkor mazkur xonadonlarni sotib olish uchun 96 million dollar sarfladi.

Foto: Dzen
To‘rtta yirik kvartira ko‘p qavatli binoning eng yuqori qismida joylashgan. Ularning har biri to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, maydoni 1800 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Terrasa

Foto: Dzen
Jeff Bezosga tegishli yangi kvartiralarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu xonadonlardagi ulkan terrasalar va balkonlarning mavjudligidir. Ular uyni to‘rt tomondan o‘rab turadi. Terrasalardagi stol, divan va o‘rindiqlar ochiq osmon ostida joylashgan.

Foto: Dzen
Terrasalar Nyu Yorkning mashhur binolariga qaragan: bir tomonda Empire State Building, boshqa tarafdan esa Manxettenning taniqli osmono‘par binolarini ko‘rishingiz mumkin.

Interer

Foto: Dzen
Jeff Bezosning yangi apartamentida 15 ta yotoqxona mavjud. Xonalar minimalizm va art deco uslubidagi dizaynga ega. Har bir xona ajoyib ranglardagi mebellar bilan jihozlangan.

Foto: Dzen
Xonalarda kulrang va oq ranglarga ko‘proq urg‘u berilgan va qora dekorativ elementlardan foydalanilgan.

Foto: Dzen
Kvartiralarning ajralib turadigan yana bir xususiyatlaridan biri — panoramali keng derazalardir.

Foto: Dzen

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyoraning eng badavlat insoni Jeff Bezos qanday uyda yashaydi?