«O‘rgimchak-odam» filmi yulduzi Tobi Maguayr sobiq rafiqasining to‘y marosimini boshqarib berdi

«O‘rgimchak-odam» filmi yulduzi, 51 yoshli Tobi Maguayr sobiq turmush o‘rtog‘i Jennifer Meyerning musiqiy menejer Jeffri (Jeff) Ogunlesi bilan nikoh marosimini boshqarib berdi. Bu haqda People xabar berdi.
To‘y 10 oktyabr kuni Havayidagi Lanai orolida joylashgan Four Seasons Resort Lanai mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Jennifer Meyer oq libosda ko‘rinish bergan. Marosimning diqqatga sazovor jihati shundaki, uning sobiq eri Tobi Maguayr yangi turmush qurgan juftlikning nikoh marosimini o‘tkazgan.
Maguayr va Meyer 2007 yilda turmush qurib, 2016 yilda ajralishlarini e’lon qilgan. Ularning ajrashish jarayoni 2026 yil 21 sentyabrda rasman yakunlangan. Shunga qaramay, sobiq juftlik farzandlarini birgalikda tarbiyalash va do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
To‘yda ularning farzandlari — 19 yoshli qizi Rubi va 17 yoshli o‘g‘li Otis, shuningdek, Jennifer Meyer va Jeffri Ogunlesining 2026 yil iyun oyida tug‘ilgan qizalog‘i ham qatnashgan. Mehmonlar orasida Leonardo Di Kaprio, Kortni Koks, Keyt Hadson, Jeff Bezos va Loren Sanches Bezos kabi mashhurlar bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Jeffri Ogunlesi nigeriyalik milliarder va investor Adebayo Ogunlesining o‘g‘li. U Jennifer Meyer bilan 2023 yilda uchrasha boshlagan, 2024 yilda esa unashtirilganini e’lon qilgan.































Izohlar 0
…