Jeff Bezos keksalar majmuasida bolalar uchun bepul bog‘cha ochdi

1 daqiqa o'qish141
Jeff Bezos keksalar majmuasida bolalar uchun bepul bog‘cha ochdi

Amazon asoschisi Jeff Bezos tomonidan tashkil etilgan Bezos Academy tarmog‘i AQSHning Arizona shtatida noodatiy joylashuvga ega yangi maktabgacha ta’lim markazini ishga tushirdi. Bezos Academy Glendale – Sahuaro Glenn bog‘chasi Glendeyl shahridagi keksalar yashaydigan Glencroft Center for Modern Aging majmuasi hududida joylashgan.

Muassasa 3–5 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim Montessori tamoyillariga asoslangan. Markaz 100 nafargacha bolani qabul qilishi mumkin. Ta’lim va zarur xizmatlar oilalar uchun bepul taqdim etiladi.

Bog‘chaning keksalar majmuasida joylashtirilishi ham bejiz emas. U yerda yashovchi keksa insonlar bolalar bilan turli mashg‘ulotlar va loyihalarda ishtirok etishi mumkin. Shu tariqa ikki avlod o‘rtasida muntazam muloqot va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Bepul ta’lim faqat eng kam daromadli oilalar bilan cheklanmaydi. 2026–27 o‘quv yilida to‘rt kishilik oilaning yillik daromadi 132 ming dollargacha bo‘lsa, ariza topshirish mumkin. Biroq bu qabul avtomatik tarzda kafolatlanishini anglatmaydi. Nomzodlar o‘rtasida lotereya o‘tkaziladi, joy yetmagan holatlarda esa kutish ro‘yxati shakllantiriladi.

Bu Bezos Academy'ning birinchi bepul bog‘chasi emas. Bezos asos solgan notijorat tarmoq AQSHning bir nechta shtatida bepul maktabgacha ta’lim markazlarini ishga tushirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?