Foto: Videodan kadr
Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostidagi Kursk viloyati Glushkovo poselkasida harbiy kiyimdagi ikki kishi uyali telefonlar do‘konini talon-toroj qilishdi. Voqea aks etgan video 18 avgust, yakshanba kuni kechqurun «Tipichniy Kursk» Telegram-kanalida chop etildi. «Agentstvo» jurnalistlari ulardan birining shaxsini aniqlashdi - u chechen bo‘linmalarining jangchisi bo‘lib chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda u Yusuf Abdulvadudov deb o‘zini tanishtiradi hamda va suratlardan birida «Axmat Qodirov nomidagi polk» yozuvi tushirilgan futbolkada aks etgan.
Chechen jangchilarining talon-toroj etishda ishtirok etishini Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi maslahatchisi Roman Alexin bilvosita tasdiqladi - u Telegram'da «Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi» sarlavhali post yozib, unga ikki chechen uyali telefon do‘konini talon-toroj qilayotgani aks etgan videoni yubormaslikni so‘radi, chunki holat haqida allaqachon «vakolatli organlarga» xabar berilgan. Alexin, shuningdek, boshqa shunga o‘xshash hodisalar haqida xabar berishga chaqirdi va shu bilan bu Rossiya harbiylari tomonidan talon-toroj qilishning alohida holati emasligini istisno etmadi.
Chegara hududlarida rus harbiylari va Kursk viloyatida Ukraina hujumi
Telegram'da e’lon qilingan videokuzatuv kamerasida askarlarning uyali telefonlar do‘konidan tovarlarni olib, deraza va vitrinalarni sindirayotgani aks etgan. Video chop etilgandan so‘ng rossiyalik harbiy blogerlar talonchilar topilgani haqida xabar berishdi.
O‘tgan hafta mahalliy hokimiyat Glushkovo poselkasi qo‘shni Sudja tumanidagi Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi tufayli majburiy evakuatsiya qilinishini bildirdi. Glushkovo Rossiya harbiylari nazorati ostida qolmoqda.
«Agentstvo» eslatishicha, aynan chechen bo‘linmalari chegara hududlarini Ukraina Qurolli kuchlari hujumlaridan himoya qilishi kerak edi, biroq Ukraina armiyasi oldinga siljishini to‘xtata olmagan. «Axmat» maxsus kuchlari qo‘mondoni Apti Alaudinovning aytishicha, chechen bo‘linmalari ukrainalik harbiylar bilan «shunchaki to‘qnash kelmagan» va shuning uchun hujumni qaytara olmagan. Shu bilan birga, rossiyalik harbiy blogerlar «Axmat» jangchilari Ukraina Qurolli kuchlariga qarshilik ko‘rsatmaganini yozishgan.
Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi keng ko‘lamli hujum operatsiyasi 6 avgustdan beri davom etmoqda. Bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi 2022 yil fevralida boshlanganidan beri bunday turdagi birinchi hujumdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi