00:16 / 26.08.2024
7

Parij prokuraturasi Durov ishi bo‘yicha 26 avgust kuni bayonot beradi

Parij prokuraturasi Durov ishi bo‘yicha 26 avgust kuni bayonot beradi
Foto: Reuters
Telegram asoschisi Pavel Durov ishiga mas’ul bo‘lgan Parij prokuraturasi 26 avgust, dushanba kuni matbuotga bayonot beradi.

«Matbuot uchun to‘liq bayonot ertaga e’lon qilinadi», dedi prokuratura Durov nima uchun hibsga olingani va ishda uning maqomi qanday ekanligiga oydinlik kiritishni so‘ragan TASS so‘roviga javoban.

Avvalroq, Fransiya matbuoti Pavel Durovning hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Biroq mamlakat rasmiylari voqeaga izoh bermadi.

TASS ta’kidlaganidek, Fransiya Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bu borada izoh berishdan bosh tortdi. Parij politsiyasi prefekturasi ham hech narsa bilmasligini aytdi.

Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasining xabar berishicha, diplomatlar Fransiya rasmiylaridan Pavel Durov oldiga konsullik xodimlari kirishini ta’minlashni talab qilgan, biroq «fransuz tomoni aloqadan qochgan». Uning Rossiya bilan birga Fransiya fuqaroligiga ham ega ekani ta’kidlanmoqda.

AFP xabariga ko‘ra, 24 avgust kuni Parij aeroportida hibsga olingan Pavel Durov 25 avgust kuni sudga borishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parij prokuraturasi Durov ishi bo‘yicha 26 avgust kuni bayonot beradi