09:39 / 31.08.2024
24

Zelenskiy F-16 qulaganidan so‘ng Ukraina havo kuchlari qo‘mondonini ishdan bo‘shatdi

Zelenskiy F-16 qulaganidan so‘ng Ukraina havo kuchlari qo‘mondonini ishdan bo‘shatdi
Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchukni lavozimidan chetlatdi. Tegishli farmon 30 avgust, juma kuni davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

Ishdan bo‘shatish sababi hujjatda ko‘rsatilmagan. Biroq, kechki videomurojaatda Zelenskiy Oleshchukning ishdan bo‘shatilishini izohlar ekan, «qo‘mondonlik darajasida» «kuchayish» va «odamlar haqida qayg‘urish, shaxsiy tarkibga g‘amxo‘rlik qilish, barcha askarlar haqida qayg‘urish» zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq "Sentr" havo qo‘mondonligini boshqargan general-leytenant Anatoliy Krivonojko Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar berdi Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi.

F-16'ning yo‘qotilishi va Ukraina qurolli kuchlari tanqid qilinishi

Bir kun avval The Wall Street Journal G‘arb ittifoqchilari tomonidan Ukrainaga taqdim etilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan biri halokatga uchragani haqida xabar bergan edi. Buni Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi tasdiqladi. Hodisa 26 avgust kuni Rossiyaning yirik raketa hujumini qaytarish vaqtida yuz bergan. Samolyot halokati natijasida «Munfish» chaqiruv belgisiga ega uchuvchi Aleksey Mes halok bo‘ldi.

Taxminlarga ko‘ra, falokatga uchuvchining xatosi sabab bo‘lgan. Biroq, Oliy rada deputati Maryana Bezuglaya, o‘z manbalariga tayanib, F-16 Patriot raketasidan urib tushirilganini aytdi va Ukraina havo kuchlarini voqeani yashirganlikda aybladi. Oleshchukning javobicha, halokat tafsilotlari aniqlashtirilayotgani va urush sharoitidagi maxfiylikka ishora qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy F-16 qulaganidan so‘ng Ukraina havo kuchlari qo‘mondonini ishdan bo‘shatdi