23:41 / 02.09.2024
58

Parij prokuraturasi Durov ishi bo‘yicha tergov muddatini e’lon qildi

Parij prokuraturasi Durov ishi bo‘yicha tergov muddatini e’lon qildi
Foto: AP
Telegram asoschisi Pavel Durov ishi bo‘yicha tergov bir necha oy davom etishi mumkin, u “uyushgan guruh tomonidan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida onlayn platforma ma’muriyatiga sheriklik qilish”da ayblanmoqda.

Tergov yakunida tergov sudyalari bir necha oy davom etishi mumkin bo‘lgan tergovni yakunladi deb hisoblasa, ish yopiladi. Prokuratura zarur deb topsa, ishni tugatish to‘g‘risida yoki ishni jinoyatlarni qayta tasniflagan holda jinoyat ishlari bo‘yicha sudga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Keyin tergov sudyalari ishni tugatish yoki sud majlisini tashkil etish to‘g‘risida buyruq chiqaradi” deyiladi prokuratura xabarida.

Durovning hibsga olinishi va ozod qilinish sharti

Telegram asoschisi 24 avgust kuni Ozarbayjondan Parijga shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olindi. U fransuz huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan Telegram’da kiber va moliyaviy jinoyatlar masalalarida hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblandi.

Parij sudi uni platformaga aloqador avval e’lon qilingan 12 ta huquqbuzarlikdan 6 tasida, jumladan, hukumat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishda, bolalar pornografiyasini tarqatishda, narkotrafikda ishtirok etishda, shuningdek, uyushgan guruh tarkibidagi firibgarlikda aybladi. 29 avgust kuni u 5 million yevro miqdorida garov to‘lash, haftada ikki marta politsiya uchastkasiga kelish, Fransiyani tark etmaslik sharti bilan ozod qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parij prokuraturasi Durov ishi bo‘yicha tergov muddatini e’lon qildi