22:11 / 04.09.2024
57

Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlarining bir necha hujumi qaytarildi

Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlarining bir necha hujumi qaytarildi
Rossiyaning "Shimol" kuchlar guruhi Kursk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining beshta hujumini qaytardi va uchta hujumga urinishini bartaraf etdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Shimol" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari armiya aviatsiyasi va artilleriya ko‘magida kun davomida Borki, Marevka, Kamishevka va Cherkasskoye Porechnoye aholi punktlari yo‘nalishida dushman hujum guruhining beshta hujumini qaytardi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Komarovka, Korenevo va Olgovka yo‘nalishidagi hujumga urinishlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lindi. Dushman 25 nafargacha askarini, ikkita zirhli jangovar mashinasi va uchta avtomashinasini yo‘qotdi.

Bundan tashqari, Rossiya aviatsiyasi va artilleriyasi UQKning Apanasovka, Borki, Vishnevka, Viktorovka, Gordeyevka, Kositsa, Krasnooktyabrskoye, Knyajiy Perviy, Kurilovka, Lyubimovka, Martinovka, Mixaylovka, Malaya Loknya, Novoivanovka, Orlovka, Plexovo va Slovenya aholi punktlari hududlarida dushman askarlari va texnikasiga zarba berdi.

Operativ-taktik aviatsiya Sumi viloyatida Ukraina qurolli kuchlari zaxiralari to‘plangan joylarga ham hujum qildi. Zarbalar Belopole, Vorojba, Velika Pisarevka, Gluxov, Miropole, Novaya Sich, Novoivanovka, Pavlovka, Pustogorod, Pogrebki, Stare Verki, Stukalovka, Sumi, Xoten va Yunakov aholi punktlari yaqinida joylashgan bo‘linmalarga berildi.

Rossiya qo‘shinlari zarbalari natijasida Ukraina armiyasining bir kunda 400 nafarga yaqin harbiy xizmatchilari, 12 ta zirhli jangovar transport vositalari, uchta artilleriya qurollari, bitta reaktiv otish tizimi, zenit-raketa va qurol kompleksi jangovar transport vositasi, radioelektron urush stansiyasi, 12 ta mashinasi, ikkita muhandislik texnikasi yo‘q qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyati hududiga bostirib kirgan edi. 3 sentyabr holatiga Kursk yo‘nalishida hujum to‘liq to‘xtatilgan, Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 9300 nafar askar, 80 ta tankni tashkil qildi.

Belgorod va Bryansk viloyatlarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun aksilterror rejimi kuchga kirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlarining bir necha hujumi qaytarildi