
Ushbu juftlikning ajrashishi haqida mish-mishlar bir necha oydan beri tarqalib kelayotgan edi. Biroq Jennifer bu safargi nikohiga nuqta qoʻyishga shoshilmasdi. Ilgari qoʻshiqchi ancha qat'iy edi: oldingi munosabatlarida aynan u ogʻriqli boʻlsa-da, ajralish qarorini qabul qilardi. Uning muxlislari bilishadi: agar Jey biror narsani qaytarib boʻlmasligini anglagan boʻlsa, u kutmaydi. Ammo Ben bilan bogʻliq vaziyatda u bir qarorga kelolmayapti. Chunki buning ob'ektiv sababi borligi ma'lum boʻldi.
Juftlikka yaqin boʻlgan manbalarning soʻzlariga koʻra, Ben Afflek va Jennifer Lopes toʻydan oldin nikoh shartnomasi tuzmagan ekan. Yulduzlarning darajasiga qarab, bunga ishonish qiyin. Odatda bunday nikohdan oldin boʻlajak er-xotin koʻp sahifali shartnomalar tuzishadi. Ammo Afflek va Lopes nimagadir buni e'tiborsiz qoldirgan.

Doʻstlarining soʻzlariga koʻra, aynan Jennifer Lopes nikoh shartnomasini tuzishda qat'iy turmagan. Bu uning toʻrtinchi nikohi boʻlgani uchun Jennifer bu safar hammasi yaxshi boʻlishiga ishongan. Ayniqsa, Afflek bilan 20 yildan beri tanish boʻlganini inobatga olsak, bu vaqt davomida ular bir-birlarini yaxshi bilib olishga ulgurgan. Ammo nikohning birinchi yilidayoq xonanda bu qaroridan afsuslana boshlagan.

Endi ularni uzoq sud jarayoni kutmoqda, chunki ikki yil ichida ular bir necha hashamatli uylar va avtomobillarga ega boʻlishga ulgurgan. Albatta, Lopes va Afflek mol-mulkni boʻlish haqida kelishib olishlari mumkin, ammo soʻnggi paytlarda ularning munosabatlari qanday kechayotganini inobatga olganda, bunga ishonish qiyin.
Jey Lo va Ben Afflekning birgalikdagi eng romantik suratlari:










Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar