12:12 / 21.09.2024
24

Xitoyda O‘zbekistonning iqtisodiy va turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

Xitoyda O‘zbekistonning iqtisodiy va turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
Foto: “Dunyo” AA
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi tomonidan mamlakat investitsiya va eksport salohiyatini yanada oshirish, turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirokida “O‘zbekiston iqtisodiy va turizm salohiyati” mavzusida taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

Venchjou shahrining Guanchjoudagi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, biznes uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, hududlarimizning charm, tekstil, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalaridagi investitsiyaviy loyiha takliflari, eksportbop mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bosh konsulxona xodimlari va Wenzhou Chamber of Commerce palatasi bosh kotibi Chjen Chjou o‘rtasida kechgan muloqotda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va xitoylik importyor hamda salohiyatli investorlar ishtirokida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, o‘zaro biznes missiyalarini tashkil etishga kelishib olindi.

Avvalroq O‘zbekiston xitoyliklar uchun navbatdagi eng yaxshi sayohat yo‘nalishiga aylangani xabar berilgandi.

O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Xitoydan O‘zbekistonga 42 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda O‘zbekistonning iqtisodiy va turizm salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi