G‘arb Ukrainaga yetkazilgan qurollar bilan Rossiya ichkarisidagi nishonlarga zarba yo‘llashga ruxsat berishi haqidagi xabarlar ortidan, Kreml u holda NATO bilan to‘qnash kelishini bildirdi. Kun.uz suhbatlashgan tahlilchilar Oybek Sirojov va Kamoliddin Rabbimovga ko‘ra, G‘arb ertami-kechmi baribir ruxsat beradi, lekin bu urushda kardinal burilish yasashini kutmaslik kerak.
G‘arbning Ukrainaga uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat bermasligi Putinning tahdidlari bilan bog‘liqmi? Oybek Sirojovning so‘zlariga ko‘ra, sabablardan biri aynan shu. “Eskalatsiyaning yanada kuchayishidan G‘arb ham manfaatdor emas. Chunki bu javobsiz qolmaydi. Rossiya tomonining javobi qanaqa bo‘ladi, aniq emas. Voqealar rivoji uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkinligini nazardan soqit qilmaslik kerak”, deydi u.
Qolaversa, tahlilchining aytishicha, G‘arb Rossiyaning butunlay yengilishidan ko‘ra, uzoq muddatda holdan toyishi, shu bilan birga, Ukrainaning yengilmasligidan ko‘proq manfaatdor.
“Ukrainada jiddiy muammolar bo‘lsa, uning vaziyatini o‘nglaydigan qandaydir imkoniyatlarni berib, urushning cho‘zilishiga, kuchlarning muvozanatga kelishiga ta’sir qilyapti. Buni o‘tgan 2,5 yil mobaynida bir necha bor ko‘rdik”, deydi u.
Ayni paytda, bu strategiyaning G‘arbga qarshi ishlaydigan qaltis tomonlari bor: masalan, G‘arbning dushmani bo‘lgan tomonlar bilan Rossiyaning aloqalari qalinlashmoqda. Rossiya husiychilarga raketalar berishi mumkinligi, Eronning yadro dasturini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida xabarlar bor. Bu esa G‘arbni Rossiya–Ukraina masalasida yanada hushyorroq bo‘lishga undaydi, deydi Oybek Sirojov.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb eskalatsiyani sekinlik bilan, ehtiyotkorona, lekin barqaror ravishda oshirib bormoqda. Harbiy yordam avvaliga kaska, bronejilet kabilardan boshlangan edi, keyinroq yordam ko‘lami tanklar, samolyotlar va uzoq masofaga uchuvchi raketalargacha yetib bordi. Amalda Ukrainani qurollantirish borasida biror chegara qolmadi, deydi u.
Rabbimovga ko‘ra, G‘arb uzoq masofaga uchuvchi raketalarni Ukrainaga, albatta, beradi. Bu raketalar bilan Rossiya ichkarisiga zarba berishga ruxsat ham beriladi. Rossiyaning javobi borasida AQSH va Britaniya ikki xil pozitsiyada turibdi: Amerika ehtiyotkorlikni tanlayotgan bo‘lsa, Britaniya keskinlik tarafdori.
“G‘arb davlatlari orasida Amerika biror hal qiluvchi fikrni aytmaslik siyosatini amalga oshirmoqda. Amerika ATACMS raketalarini beradi, lekin buni turli usullar bilan rasmiylashtirishi mumkin. Masalan, Amerika Ukrainaga ruxsat bermagani, lekin Ukraina boshqacha yo‘l tutgani, Vashingtonning bundan xabari yo‘qligini aytadi yoki Ukrainaning o‘zini himoya qilishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini oldindan e’lon qilish orqali buni rasmiylashtirishi mumkin”, deydi u.
Suhbat davomida tahlilchilar Kursk frontining ahamiyati, Ukraina noyabrda Moskva ham qatnashishiga umid qilayotgan ikkinchi tinchlik sammiti o‘tkazmoqchi bo‘layotgani, AQSHdagi saylovlarning urushga ta’siri va tinchlikka erishish yo‘lidagi asosiy omillarga to‘xtalib o‘tdi.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi