Foto: Shutterstock
Xitoydagi Chjetszyan universiteti olimlari 3D-printer yordamida sariq baliqning o‘simliklardan tayyorlangan muqobilini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Food Physics ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda so‘z boradi.
Mutaxassislarning aytishicha, tayyor mahsulot haqiqiy baliqqa juda o‘xshab ketadi. Baliq go‘shti tuzilishi o‘xshash bo‘lishi uchun jamoa KT-skanerlashni amalga oshirgan va uning mushak hamda yog‘lari taqsimlanishiga oid uch o‘lchamli modelni olgan. Shundan keyin olimlar soya oqsili va kraxmaldan foydalangan holda uning to‘qimalari tuzilishini tiklagan.
«Natijada, 3D-printer yordamida kompozit tuzilishi 90 foizdan ortiq aniqlikdagi baliq go‘shti imitatsiyasini yaratishga muvaffaq bo‘lindi», — deyiladi xabarda.
Tadqiqotchilarning qo‘shimcha qilishicha, tayyor bo‘lgan mahsulot tuzilishi, undagi namlikning taqsimlanishi va oziq-ovqat moddalari haqiqiy baliqnikiga yaqin.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ixtirosi baliqchilik sohasidagi yuklamalarni kamaytirishga xizmat qiladi, chunki hozirda suv bioresurslarini ekologik xavfsiz hajmlarda qazib olish imkoniyatlari deyarli tugagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”