20:56 / 24.09.2024
37

Ukraina Gaaga sudida Qrim ko‘prigini buzishni talab qildi

Ukraina Gaaga sudida Qrim ko‘prigini buzishni talab qildi
Foto: Wikimedia Commons
Ukraina Rossiyani Azov dengizi va Kerch bo‘g‘ozi ustidan nazoratni noqonuniy egallab olishga urinayotganlikda aybladi. Kiyev vakili Gaagadagi sud jarayonida akvatoriyaga kirishni ta’minlovchi Qrim ko‘prigini olib tashlashni talab qildi.

Rossiya Azov dengizi va Kerch bo‘g‘ozini egallab olmoqchi, shuning uchun u kiraverishda xalqaro kemalarni o‘tkazib yubormaslik uchun ulkan darvoza qurib, Rossiyaning kichik daryo kemalariga kirishga ruxsat berdi”, dedi Ukraina vakili Anton Korinevich Gaagadagi Doimiy arbitrajning birinchi yig‘ilishida.

Da’vo Qrim anneksiya qilinganidan ikki yil o‘tib, 2016 yilda qo‘zg‘atilgan. Ukraina, shuningdek, Rossiyani ko‘prik qurish orqali BMTning dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasini buzganlikda, ukrainalik baliqchilarga an’anaviy baliq ovlashni taqiqlaganlikda, atrof-muhitga zarar yetkazganlikda va suvosti arxeologik obyektlarini talon-toroj qilishda ayblagan.

Ko‘prik noqonuniy va buzib tashlanishi kerak”, deya ta’kidlagan Korinevich hakamlar hay’atiga. Rossiya bu ish arbitraj sudining yurisdiksiyasiga kirmasligini aytgan.

Agar hakamlar boshqacha qaror qabul qilsalar, ular Kiyevning da’volarini rad etishlari kerak. Ukraina tomonidan bu ishda ilgari surilgan ayblovlar, albatta, mutlaqo asossizdir”, dedi Rossiya vakili Gennadiy Kuzmin.

Ukraina xavfsizlik xizmati ko‘prikni buzish uchun ikkita qo‘poruvchilik harakatini uyushtirgan. 2022 yil 8 oktyabrda yuk mashinasi ko‘prikda portlagan, bu esa yo‘lning ikki qismining qulashiga va temir yo‘l uchastkasida katta yong‘inga olib kelgan. Ikkinch urinish esa 2023 yil 17 iyulda sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Gaaga sudida Qrim ko‘prigini buzishni talab qildi