Volodimir Zelenskiy “g‘alaba rejasi”ni AQSH elitasiga taqdim etish uchun Amerikaga bordi. Uning aytishicha, reja 5 ta banddan iborat, shundan 1 tasi urushdan keyingi davr haqida bo‘ladi. Xo‘sh, Kiyevning bu rejasi qanchalik real? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar shu haqda so‘z yuritdi.
G‘arbdagi nashrlar Ukrainaning “g‘alaba rejasi”da syurprizlar yo‘qligini yozmoqda. Zelenskiyning o‘zi bu reja Ukrainaning xavfsizligi, geosiyosiy pozitsiyasi, cheklovlarsiz foydalanish mumkin bo‘lgan xorijiy harbiy yordam va iqtisodiy ko‘makni nazarda tutishini aytgan.
Tahlilchi Shuhrat Rasulning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonidan ilgari surilayotgan “g‘alaba rejasi” – yaqin 3 oyliklarda paydo bo‘lgan narsa. Bu rejaning tug‘ilishi Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Kursk oblasti hududlarini egallab olishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. “Chunki bungacha G‘arbda ikkala tomon ham bir-birini yenga olmaydi, urushni to‘xtatish kerak degan dunyoqarash shakllanib qolgandi. Kursk frontining ochilishi vaziyatni boshqa tomonga burib yubordi”, – deydi u.
Tahlilchi Oybek Sirojov “g‘alaba rejasi”ning OAVda aytilayotgan bandlarini sanab o‘tdi: Ukrainaning NATOga a’zolik jarayoni boshlanishi yoki NATOga a’zo davlatlar darajasidagi xavfsizlik kafolatini olishi, Ukrainaga eng zamonaviy qurollar berilishi, Kurskdagi harbiy harakatlarning G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Ukrainaning iqtisodiy jihatdan, shu jumladan urushdan keyin qo‘llab-quvvatlash.
“Ukraina uchun g‘alaba – 1991 yilgi chegaralarga chiqish. Lekin “g‘alaba rejasi” deyilayotgan rejada chegara masalasi yo‘q. Bu, nazarimda, Ukrainaning “g‘alaba rejasi” emas, ko‘proq G‘arbning, AQSHning “g‘alaba rejasi”. Bu yondashuvga ko‘ra, Rossiyaning ichkari hududlariga raketa zarbalari beriladi, shundan keyin Rossiya jamiyati va elitasi Putinga yoki siyosiy elitaga bosim o‘tkazishi, so‘ng Putin yon berishga, sulh tuzishga majbur bo‘lishidan umid qilinadi”, – deydi Sirojov.
Kamoliddin Rabbimovga ko‘ra, urushning uchta istiqboli bor: urushni muzlatish (Kiyev bunga rozi emasligini bildirmoqda), Ukrainaning mag‘lubiyati (bosib olingan yerlar Rossiya nazoratida qoladi), Ukraina tomonidan Rossiya ichkarisidagi muhim nuqtalarga G‘arb qurollari bilan zarbalar berish orqali urushni davom ettirish.
“Hozir Bayden ikkita tanlov oldida turibdi. Demokratlarning asosiy motivi – Kamala Harrisning saylovda g‘alaba qozonishi. Agar Amerika jamiyati Ukrainadagi urush borgan sari kuchayadi deb hisoblasa, Donald Trampga ovoz berishi mumkin. Ikkinchi tomondan, Ukraina urushi – Baydenning tarixiy merosi. U hokimiyatdan ketishdan oldin Ukrainaga yordam berishga moyil bo‘ladi. Bayden mana shu dilemma oldida turibdi”, – deydi u.
Rabbimovning fikricha, Zelenskiy AQSHga safari davomida “Rossiya ichkarisiga hujumlar qilish orqali burilish yasaymiz” degan pozitsiyani yetkazmoqchi.
Abduvali Soyibnazarovning fikricha, “g‘alaba rejasi”ning amalga oshish ehtimoli kam, chunki u frontdagi joriy vaziyatga mos kelmaydi.
“Zelenskiy mudofaa kelishuvi tuzish, G‘arbning xavfsizlik kafolatlarini so‘ramoqchi. To‘g‘risini aytganda, Ukraina mustaqillikka erishgan paytda yadro qurolidan voz kechish evaziga G‘arb va Rossiya xavfsizlik kafolatini bergan, bugun bu kafolat ishlamayapti. Yana qanaqangi xavfsizlik kafolati berilishi mumkin? Bu Rossiya va G‘arb o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri urushni anglatadi”, – deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»