14:09 / 02.10.2024
43

Meksikada “Jon” to‘foni 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Meksikada “Jon” to‘foni 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Foto: Reuters
Meksikaning janubi-g‘arbiy qismiga yopirilgan “Jon” to‘foni mamlakat bo‘ylab suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi, hodisa oqibatida kamida 22 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi.

Dovul Tinch okeani sohillarini bir hafta davomida vayron qildi, halokatli suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi, buning natijasida 22 kishi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Tabiiy ofat oqibatida Gerrero shtatida 18 kishi, Oaxaka shtatida 3 kishi qurbon bo‘gan, Michoakan shtatida esa yosh bola halok bo‘lgan.

Hozir rasmiylar vayronalar ostidan odamlarni qutqarish ustida ishlamoqda. Nashrning qayd etishicha, “Jon” to‘foni 27 sentyabr kuni tarqala boshlagan va hozirda faol hisoblanmaydi.

Avvalroq “Helen” to‘foni AQSHning beshta shtatida 95 nafar kishining hayotiga zomin bo‘lgani ma’lum qilingandi. Bundan tashqari, NetBlocks xalqaro internet-monitoring xizmati dovul tufayli internetning keng tarqalgan uzilishlari haqida xabar bergan.

Shu kuni AQSHning Florida shtatida “Helen” to‘foni tufayli 1 milliondan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgani ma’lum bo‘lgan. To‘fon Floridaning shimolidagi Big Bend mintaqasida tunda sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada “Jon” to‘foni 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi