12:38 / 07.10.2024
27

Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan joyda nutq so‘zladi

Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan joyda nutq so‘zladi
Foto: REUTERS
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp 5 oktyabr, shanba kuni Pensilvaniya shtati Batler shahrida saylovoldi tashviqoti mitingida nutq so‘zladi. Voqea joyi shunisi bilan muhimki, aynan shu yerda iyul oyida Trampga suiqasd uyushtirilgan edi.

Dpa agentligiga ko‘ra, siyosatchi o‘z tadbiriga «minglab odamlarni» jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ommaviy axborot vositalari respublikachi bilan uchrashish uchun kelgan saylovchilar sonini 13 iyul kuni 20 yoshli Tomas Metyu Kruks siyosatchiga qarata o‘t ochgan mitingdagidan «ancha ko‘p» deb hisoblamoqda. O‘shanda Tramp qulog‘idan yaralangan, hujumchi esa AQSH Maxfiy xizmatining javob o‘qi bilan o‘ldirilgan.

Yangi tashkil etilgan tadbirda Trampning tribunasi himoya oynasi bilan o‘rab qo‘yildi, iyul oyidagi mitingda bunday bo‘lmagandi. Respublikachi o‘z so‘zini avvalgi yig‘ilishga ishora qilish bilan boshladi. «Aytganimdek», dedi u nutqining boshida immigratsiya ma’lumotlari yozilgan taxtani ko‘rsatib. Iyul oyida siyosatchining nutqi aynan shu joyida o‘q ovozlari yangragandi.

Tramp o‘z nutqida iyul oyidagi hujumga bir necha bor ishora qilib, voqealar uning tarafdorlarini «har qachongidan ham kuchliroq, mag‘rurroq, birdamroq, qat’iyatliroq va g‘alabaga yaqinroq» qilganini aytdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hujumchi uni «taqdir va yaratganning inoyati bilan» aniq nishonga ololmagan. Shu bilan birga, Trampning iyul oyidagi mitingiga tashrif buyurganlardan biri Kruksning o‘qidan halok bo‘lgan, siyosatchi bu kishi xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan hurmat bajo keltirdi.

NYT Tramp va Putin Ukraina bo‘yicha birinchi muhokamani qachon o‘tkazganini ochiqladi

2017 yilda, o‘sha paytda Amerika prezidenti lavozimiga kirishgan Donald Tramp Hamburgdagi G20 sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi shaxsiy uchrashuvini o‘tkazgan va unda Putinning Ukrainaga Amerika qurollari ehtimoliy yetkazib berilishi bo‘yicha fikrini so‘ragan. Rossiya prezidenti bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan «xato» bo‘lishi haqida javob bergan. Bu haqda 5 oktyabr kuni The New York Times (NYT) yozmoqda.

Tramp bilan suhbatda Putin Ukrainani «korrupsiyaga uchragan, xayoliy mamlakat» deb atadi va Rossiya unga ta’sir o‘tkazishga to‘liq haqqi borligini ta’kidladi. Hamburgdagi o‘sha sammitda qatnashgan uch amerikalik mulozimga ko‘ra, Rossiyaga qarshi maslahatchilari tomonidan bir qancha tezislar tuzib berilgan Tramp Putinga e’tiroz bildira olmagan.

Suhbatdan so‘ng AQSH davlat kotibi lavozimiga nomzod bo‘lgan Reks Tillerson Tramp ma’muriyatini «prezidentning Ukraina haqidagi fikrini o‘zgartirish uchun ko‘p ish qilishlari kerakligi» haqida ogohlantirgan. «Tillerson hozirgina sobiq «KGB» josusi janob Putinning Amerika yangi prezidentining fikrlash tarzini shakllantirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazganini kuzatdi», — deya tushuntiradi NYT nima bo‘lganini.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan joyda nutq so‘zladi