Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov urush zonasidagi harbiylar ehtiyoji uchun texnikalar partiyasini yubordi. U qo‘llab-quvvatlash aksiyasini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni bilan bog‘ladi.
"Prezidentimiz Vladimir Putinning tug‘ilgan kunida biz maxsus harbiy operatsiya ehtiyojlari uchun katta miqdordagi texnikani topshirdik. Tez orada jangchilarimizga 78 ta UAZ “Patriot”, UAZ-452 va “Niva” avtomobillari yetkazib beriladi", dedi u.
Qodirov ushbu modellar turli iqlim sharoitlarida ishlay oladigan ishonchli va universal transport vositasi ekanini aytdi. U sotib olingan dronlar ham frontga yuborilishini ta’kidladi.
"Ular bo‘linmalarimizning jangovar qobiliyati va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Zamonaviy texnika va uskunalar, shu jumladan, radioelektron kurash tizimlari (REB) nafaqat jangchilarimizning vazifasini yengillashtiradi, balki ularning harakatchanligini sezilarli darajada oshiradi", deya xulosa qildi Checheniston rahbari.
Avvalroq Ramzan Qodirov urush ehtiyojlari uchun Rossiyaga 100 ta “Jihod mashinasi”ni bergandi. Checheniston rahbariga ko‘ra, mintaqada 2024 yilda “Chechenavto” bazasida “GAZ Sobol” va “GAZ Sadko” shassilari asosida jangovar mashinalarni seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
“Jihod mashinalari” esa Gudermesdagi Rossiya maxsus kuchlari universitetida sinovdan o‘tkazilgan. Chechnya Today nashrining ma’lum qilishicha, jami 400 ga yaqin jangovar avtomobil yetkazib berish rejalashtirilgan.
Ramzan Qodirov, Texnikalar partiyasi, Putinning tug‘ilgan kuni, Jihod mashinalari, Harbiylarga sovg‘a “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?