Oʻzbekistonliklar Serbiyaga qurilish sohasida ishga yuboriladi

Oʻzbekistonliklar Serbiyaga qurilish sohasida ishga yuboriladi
Serbiya davlati qurilish sohasida ishlovchi oʻzbekistonliklarni ishga taklif etmoqda, deya xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Nomzodlar soha boʻyicha 3 yildan 5 yilgacha ish tajribasi boʻlishi, ingliz yoki rus tillarida erkin muloqot qilishi (ingliz tiliga ustunlik beriladi) va 50 yoshgacha boʻlishi kerak.

Ish haqi 700−800 yevroni (netto) tashkil qiladi. Haftada 6 ish kun boʻlib, ishlovchilar bepul yashash joyi va tibbiy sugʻurta bilan ta'minlanadi. Viza rasmiylashtirish uchun toʻliq yordam beriladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar