Yevroparlamentda Vengriya bosh vaziri bilan keskin munozara yuz berdi

Foto: Philippe BUISSIN/ European Union
Yevroparlament a'zolari Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan munozaralar chogʻida uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqinlikda ayblab, asosiy huquq va erkinliklarning buzilishi, shuningdek, Vengriyadagi korruptsiyaning yuqori darajasini keskin qoralashdi. 9 oktyabr, chorshanba kuni Strasburgda konservatorlardan tortib soʻllargacha boʻlgan keng koʻlamli siyosiy kuchlar vakili boʻlgan koʻplab yevropalik parlamentariylar Orbanga qarshi chiqishdi.
Deputatlar Orbanning nutqidan hayratda qolishdi
Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen oʻtgan yozda Orbanning keng tanqid qilingan «tinchlik tashabbusi»ni esladi, unda u boshqa narsalar qatorida Vladimir Putin va Donald Tramp, shuningdek, Xitoy rahbari Si Jinpinning oldiga Bryussel bilan kelishmasdan turib tashrif buyurgan. Urush sababini «Putinning hokimiyatga intilishida emas, balki Ukrainaning erkinlikka chanqoqligida koʻrayotganlar hamon bor», — dedi u.
Oʻz navbatida, Yevropa xalq partiyasi (EXP) raisi Martin Veber Orban oʻz nutqida Ukrainadagi urush haqida bir ogʻiz soʻz aytmaganidan «hayratda» ekanini aytdi. U vengriyalik siyosatchining Putin, Tramp va Si bilan uchrashuvlarini qoralab, ularni «avtokratlar uchun tashviqot shousi» deb atadi.
Koʻp sonli ma'ruzachilar orasida Orbanning Vengriyadagi asosiy raqiblaridan biri – konservativ «Hurmat va erkinlik» (TISZA) partiyasi rahbari, hozir Yevropa parlamenti a'zosi boʻlgan Piter Madyar ham bor edi. Uning soʻzlariga koʻra, Orban davrida Vengriya «Yevropa Ittifoqidagi eng korruptsiyalashgan mamlakatlardan biriga aylandi».
Orban deputatlarni Vengriyaga qarshi «intifada»da aybladi
Oʻz navbatida, 2010 yildan beri hokimiyatda boʻlgan venger oʻng populisti qonun chiqaruvchilarni oʻz mamlakati haqida «soʻl qarashdagi yolgʻonlar»ni tarqatishda va joriy yarim yil davomida Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Vengriyaga qarshi «oʻziga xos intifada»da aybladi.
Qarama-qarshilikka Orbanning Vengriyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi ustuvor yoʻnalishlari haqidagi nutqi sabab boʻldi. Unda u Yevropa Ittifoqining soʻnggi yillarda qabul qilgan asosiy qarorlarini shubha ostiga oldi va Yevropa Ittifoqining migratsiya, tashqi va iqlim siyosatida tub burilish talab qildi.
Vengriya raisligining shiori - «Yevropani yana buyuk qilamiz»
«Yevropa boshpana taqdim etish tizimi shunchaki ishlamayapti», dedi Vengriya bosh vaziri. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi noqonuniy muhojirlarni oʻz hududiga kiritmasligi, balki ularni kelgan davlatlariga qaytarishi kerak.
Bundan tashqari, u yevropaliklarning Rossiya nefti va gazidan voz kechishini tanqid qildi, chunki bu, uning soʻzlariga koʻra, EIda iqtisodiy oʻsishga tahdid soladi. Iqlim siyosatida Orban Bryusselning 2050 yilga borib Yevropani iqlim jihatidan betaraf birinchi qit'aga aylantirish maqsadini shubha ostiga qoʻydi.
«Keling, Yevropani yana buyuk qilamiz», — deb hayqirdi Orban Yevropa Kengashidagi raislik shiorini, u AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning saylovoldi shioriga oʻxshab ketadi. Uning nutqi davomida sotsial-demokratlar «Demokratlar avtokratlarga qarshi» yozuvi yozilgan plakatlarni koʻtarib oldi, nutqidan soʻng soʻl lager vakillari fashizmga qarshi Bella Ciao madhiyasini kuyladilar, deb yozadi AFP. Oʻta oʻng parlamentariylar Orbanga oʻrnidan turgan holda qarsak chalishdi.

Izohlar 0
…