
Foto: SpaceX
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi beshinchi marta tarixdagi eng ogʻir Starship raketasini uchirdi. Sinov davomida kompaniya ilk bor Super Heavy — raketaning koʻp martalik birinchi pogʻonasi prototipini start maydonchasiga qaytardi. Translyatsiya SpaceX’ning X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasi orqali amalga oshirildi.
Starship raketasi Texasdagi Boka-Chika kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 07:25 da uchirilgan. Super Heavy koʻp martalik pogʻonasi 74 kilometr balandlikda ajralgan, keyin esa start majmuasiga qaytgan. Uni SpaceX tomonidan shu kabi manyovrlar uchun maxsus yaratilgan Mechazilla minorasi tutib qolgan.
Starship havo kemasining prototipi Er atrofida bir soatlik aylanishni amalga oshirgandan keyin orbitadan chiqib, Hind okeaniga qulashi kutilmoqda.
Starship loyihasi ommaga 2019 yilda namoyish etilgan. Starship hozirgacha qurilgan eng qudratli va eng baland kosmik kema boʻlib, 150 tonnagacha yukni koʻtarishga qodir. Raketa tizimi ikki qismdan iborat: 33 dvigatelli Super Heavy raketasi va Starship kemasi. Starship Er orbitasidan tashqariga, Oy va Marsga uchish uchun moʻljallangan.
Hozirga qadar Starship toʻrt marotaba uchirilgan, ammo sinovlarning faqat ikkitasi — 2024 yil mart va iyundagisi muvaffaqiyatli yakunlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar