XV asr tadqiqotchisi Xristofor Kolumb G‘arbiy yevropalik sefarad yahudiy bo‘lgan. Bu haqda ko‘p asrlik sirni hal qilish uchun DNK testini qo‘llagan ispan olimlari ma’lum qildi.
Foto: Reuters/ Sevilya soboridagi Xristofor Kolumb cherkovi
1490 yillarda Ispaniya tomonidan moliyalashtirilgan ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan Kolumbning kimligi va kelib chiqishi tarixchilar uchun sir bo‘lib qolgan edi.
An’anaviy nazariyaga ko‘ra, Kolumb Genuyadan (Italiya) kelgani, shuningdek, kelib chiqishi ispan, yunon, bask, portugal yoki ingliz bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi taxminlar ham bo‘lgan.
22 yil davomida tadqiqot olib borgan ispan olimlari bu sirni ochishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan edi. Sud-tibbiyot olimi Migel Lorente boshchiligidagi tadqiqotchilar Sevilya soborida dafn etilgan suyak qoldiqlarning mayda namunalarini o‘rganib chiqdi, u yerda uzoq vaqtdan beri Kolumb suyak qoldiqlari qolgan deb ishonilgan. Bu qoldiqlar uning taniqli qarindoshlari va avlodlarining DNKsi bilan solishtirilgan.
Foto: Reuters/ Xristofor Kolumbning tobuti, Sevilya, Ispaniya
Tadqiqot natijalari Ispaniyaning TVE telekanalida namoyish etilgan “Kolumb DNKsi: asl kelib chiqish” hujjatli filmida taqdim etildi. Dasturda Migel Lorente shunday dedi:
“Bizda Xristofor Kolumbning DNKsi bor, qisman bo‘lsa-da, lekin yetarli. Biz uning o‘g‘li Hernando Kolonning DNKsini ham sinab ko‘rdik”.
Lorentening ta’kidlashicha, Hernandoning Y xromosomasi ham, mitoxondriyal DNK ham yahudiylarga tegishlilik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, katolik monarxlari Izabella va Ferdinand yahudiy va musulmonlarga majburan dinni qabul qilish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida farmon chiqargunga qadar Ispaniyada taxminan 300 mingta yahudiy yashagan.
Kolumbning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joylarini tahlil qilib, tadqiqotchilar u G‘arbiy Yevropada tug‘ilgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishdi.
Foto: Reuters
“Tadqiqotga ko‘ra, natija deyarli ishonchli”, deya Lorente Sevilya soborida saqlangan suyak qoldiqlari haqiqatan ham Kolumbniki ekanligi haqidagi oldingi nazariyalarni tasdiqladi.
Xristofor Kolumb 1506 yilda Ispaniyaning Valyadolid shahrida vafot etgan. Biroq o‘limidan oldin u bugungi kunda Dominikan Respublikasi va Gaiti o‘rtasida bo‘lingan Espanola orolida dafn etishlarini vasiyat qilgan. Uning suyak qoldiqlari 1542 yilda orolga olib kelingan, 1795 yilda esa Kubaga olib ketilgan. Biroq 1898 yilda qoldiqlar Sevilyaga olib kelingan va uzoq vaqtdan beri uning so‘nggi manzili shu shahar bo‘lib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi