
Foto: Reuters
Ukrainadagi jang maydonida Rossiya armiyasidan sentyabr oyida har kuni oʻrtacha 1271 kishi halok boʻldi va yaralandi. 17 oktyabr, payshanba kuni mudofaa vazirlari yigʻilishi chogʻida Bryusselda oʻtkazilgan brifingda Shimoliy Atlantika alyansining yuqori martabali amaldori shunday ma'lumotlarni taqdim etdi.
Bu Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bostirib kirishi boshlanganidan beri eng yuqori koʻrsatkich: may oyida NATO bu borada 1000 qurbon va yaradorlar sonini keltirgan edi. Rasmiy, shuningdek, alyans prognozlariga koʻra, Rossiyadan bunday yoʻqotishlar 2024 yil oxirigacha davom etishini ta'kidladi. U Rossiya yoʻqotishlarining koʻpayishini hozir nafaqat Xarkiv, balki Kursk oblastida ham shiddatli janglar olib borilayotgani, umuman olganda, butun front chizigʻi boʻylab janglar avj olgani bilan bogʻladi.
Shu bilan birga, Rossiyada urushga yollash qizgʻin sur'atda davom etmoqda: oyiga taxminan 30 ming kishi, deya ma'lum qildi rasmiy, buning natijasida rus qoʻshinlari shu paytgacha inson resurslarini toʻldirishga muvaffaq boʻlishdi, ammo katta yutuq uchun ularga safarbarlikning yangi toʻlqini kerak boʻladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ikki aholi punkti nazoratga olingani haqida xabar berdi
Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk va Lugansk oblastlaridagi ikkita aholi punkti nazoratga oʻtganini ma'lum qildi.
«Sentr» qoʻshinlar guruhining boʻlinmalari Krasniy Yar hududidagi janglarga jalb qilingan, deya xabar beradi idora.
«Zapad» qoʻshinlar guruhining boʻlinmalari faol hujum harakatlari natijasida Nevskoe aholi punktini ozod qildi», — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Idora, shuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqarilgan uchta HIMARS reaktiv snaryadi va 56 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirganini qayd etdi.
«Tezkor-taktik aviatsiya, hujumkor uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari qoʻshinlari guruhlarining artilleriyasi ekipajsiz katerlar omborini vayron qildi, shuningdek, harbiy aerodrom infratuzilmasi, ikkita korxona: Ukraina Qurolli kuchlarini yoqilgʻi bilan ta'minlaydigan neftni qayta ishlash zavodi, portlovchi moddalar va oʻq-dorilar ishlab chiqarish joyi moʻljalga olindi», deb xabar qildi Rossiya idorasi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar